O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi.
“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.
O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha birinchi shtab ish boshladi, unda qurilish maydoni va zarur infratuzilmani yaratish masalalari muhokama qilindi. “Rosatom” rahbari birinchi o‘rinbosarining tashrifi chog‘ida AES qurilishi shartnomasining kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Atom energiyasi agentligi Spot`ga. Loyiha narxi maxfiy ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi, deya ta’kidladi agentlik.
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.
Prezident kichik AES qurish loyihasini “hayotiy ahamiyatga ega” deb atadi. “Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “muhim kelishuv” imzolashini ma’lum qildi.
Vengriyada O‘zbekistondan kelgan atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlandi, dedi Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi rahbari Peter Siyyarto. Shuningdek, u qo‘shma fond hajmini 50 milliondan 150 million yevrogacha oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting